Yo’l harakati qoidalari

Yo`lda harakatlanishini o`rganamiz

Yo`llarda sodir bo`layotgan avtohalokatlar bu borada jiddiy ishlarni amalga oshirmog`imiz zarur ekanligi haqida ogohlantirmoqda. Umumta’lim maktablarining 1-8-sinflarida o`quv yili davomida jami 17 soatlik mashg`ulotlar maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlar hisobiga o`qitilmoqda.Yo`l harakati qoidalarini bilgan o`quvchi hamma joyda bexatar yura oladi. Zero, bolalar xavfsizligini ta’minlash, ularning hayotini avaylash — kattalarning muhim vazifasidir. Har bir maktabda yo`l harakati qoidalari mashg`ulotlarini olib borish uchun dastlab yo`l harakati xavfsizligi xonalari va burchaklari tashkil etilib, qatnov qoidalariga oid modellar to`plami bilan jihozlanadi. Mazkur to`plamga transport vositalari maketlari hamda qatnovni tartibga solish vositalari — svetoforlar, boshqaruv figuralari, yo`l belgilari va ko`rsatkichlar to`plami, chorrahalar sxemalari, yo`l harakati qoidalariga oid plakatlar, maketlar va elektrlashtirilgan «Xavfsizlik chiziqlari», pultli boshqaruv svetoforlari kiradi.

1 4
Ta’lim muassasalarida yo`l harakati xonasi zamonaviy talablar darajasida jihozlanishi, o`quv dasturiga kiritilgan mavzularni yoritish uchun tegishli ko`rgazmalar, yo`l belgilari, texnik vositalar bilan jihozlanishi kerak.
Maktabda yo`l harakati xavfsizligi xonasida plakatlar, yasalgan ko`rgazmali qurollar, texnik vositalar (svetofor: bir chiroqli, ikki chiroqli, uch chiroqli, tartibga solinmagan chorrahalar uchun sariq miltillovchi svetoforlar), yo`l belgilari (to`liq ogohlantiruvchi, imtiyozli, taqiqlovchi, buyuruvchi, servis axborot ko`rsatuvchi, qo`shimcha axborot ko`rsatuvchi belgilar), tartibga solingan va tartibga solinmagan chorrahalar, avtomashinalar modeli, maktab mikrouchastkasi modeli, bayroqchalar, albom, gazetalar, buklet, har xil kitob va dasturlar, salomatlik burchagi va tibbiy yordam ko`rsatish qutichasi, doska ustida «Yo`l qoidasi — umr foydasi» kabi shiorlar bo`lishi kerak.Har bir sinfning yo`l harakati burchagida.
Yosh nazoratchilar guruhi ro`yxati, guruh ish rejalari, harakat xavfsizligi bo`yicha belgilangan tadbirlar, guruh faoliyatini aks ettiruvchi ayrim hujjatlar va fotolavhalar, 2ta bayroqcha (oq va qizil), jes tayoqcha, albom yoki gazeta (oylik fan gazetalari chiqarish kerak), yo`l belgilari (kamida 10ta), adabiyotlar, bukletlar, diktant, suhbat, ssenariylar va materiallar, she’r-qo`shiqlar banki bo`lishi lozim. Bu ishlarni namunali tashkil etish uchun haftaliklar va oyliklar o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Barcha ta’lim muassasalarida yo`l harakati qoidalari fanini chuqur bilimga ega, haydovchilik guvohnomasi bor malakali pedagoglar olib boradilar va shu fan bo`yicha o`quvchilarga chuqur amaliy ko`nikma, malaka berishi maqsadga muvofiq. O`quvchining darsda olgan bilimi amaliy tarzda avtomaydonchada mustahkamlanib, bevosita ko`cha harakati ishtirokchisi sifatida tekshirib ko`riladi. Bo`shliqlarni to`ldirib, kamchiliklarni bartaraf etish bilan o`quvchilar bilimi mustahkamlanadi.
Maktabda avtomaydoncha tashkil etilib, chiziqlar oq va sariq bo`yoq bilan belgilanadi. Maktablardagi amaliy mashg`ulot maydonchasida
Chorrahalar, svetoforlar, yosh nazoratchilar, piyodalar o`tish joyi (ularga mo`ljallangan svetoforlar), xavfsizlik orolchalari, yo`l chiziqlari, velosiped yo`lakchalari, o`quvchilar uchun zarur bo`lganda yozuv partalari yoki o`rindiqlar, yozuv taxtasi, birinchi yordam ko`rsatish uchun tibbiyot qutichasi (unda zarur bo`lgan dori-darmonlar), taxtakachlar, zambil va boshqalar yordamida amaliyot
darslari samarali tashkil etiladi. Avtomaydoncha maktab hovlisidan chetroqda, darsga xalaqit bermaydigan qilib joylashtirilishi kerak. Tavsiya qilinayotgan yo`l belgilari va svetofor maketlarini yuqori sinf o`quvchilari mehnat ta’limi darslari yoki maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to`garaklarida tayyorlashlari mumkin.
Ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— yuqori sinf o`quvchilari tomonidan yosh nazoratchilar guruhlari tuzilib, guruhlar tomonidan haftalik ishchi yiQinlari o`tkazilib, olib borilgan ishlar natijasini muhokama etish;
— o`quvchilarning yo`l harakati qoidalari va yo`l belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida shahar yo`llari bo`ylab sayyohatlar tashkil etish;
— maktabgacha ta’lim muassasalarida va umumta’lim maktablarida, ayniqsa, yangi barpo etilayotgan binolarda avtomaydonchalar qurish va foydalanishni yo`lga qo`yish;
— «Yashil chiroq» musobaqalarini sinflararo tashkil etish;
— «Yo`l harakati qoidalari»ni o`qitish, o`quvchilarning bilim saviyalarini mustahkamlash maqsadida test savollarini ishlab chiqish;
— yo`l harakati xavfsizligini ta’minlash, bolalar ishtirokida sodir bo`layotgan yo`l-transport hodisalari va ularning oldini olish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarni aniqlash, maxsus reydlar tashkil qilish va natijasini muhokama qilib borish;
— maktab o`quvchilarining bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida diktantlar, bayon mavzularini tayyorlash va bajarilishini nazorat qilish;
— maktablarda tushuntirish va targ`ibot ishlarini yo`lga qo`yish maqsadida yo`l harakati xavfsizligi xodimlarining o`quvchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
— maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab o`quvchilari uchun «Yo`l harakati qoidalari»ni o`rgatish bo`yicha maxsus uslubiy qo`llanmalar tayyorlash va tarbiyalanuvchilarni «Yo`l harakati qoidalari»ga oid turli rivojlantiruvchi o`yinlar.

3

Mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoati rivojlanayotgani va xalqimiz farovonligi yuksalayotgani bois transport vositalari soni, shahar hamda qishloq yo‘llarida avtomobillar harakati ko‘payib bormoqda. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi muhimligini taqozo etadi. Aholi, ayniqsa, bolalarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatish muammoni hal etishning samarali usullaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik M.Hasanov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ommaviy axborot vositalarida ushbu masala muhimligini targ‘ib qilish va tushuntirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Transport vositasini boshqarishda telefon, tele va videmonitorlardan foydalanish hamda ularni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish taqiqlangani, xavfsizlik kamaridan foydalanishga doir talabning kuchaytirilgani, yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun jarima miqdorining oshirilgani bu boradagi ishlarni yaxshilashda muhim omil bo‘layotir. Biroq, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, inson salomatligi va hayotini saqlash maqsadida profilaktika ishlari samaradorligini oshirish muhimligini qayd etish lozim.
Masalan, bu borada o‘quv yurtlarida yoshlarga yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilim berilmoqda. Umumta’lim maktablarida yosh harakat xavfsizligi inspektorlari va yosh avtoinspektorlar klublari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu klublar a’zolarining harakat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani ular ishining samaradorligidan dalolat beradi. “Diqqat, bolalar!”, “Ta’til”, “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Yashil chiroq” kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilayotgani bolalar va o‘smirlarga yo‘l qoidalarini o‘yin shaklida, aniq vaziyatlar misolida tushuntirishga yordam berayotir.
Bundan tashqari, barcha umumta’lim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus o‘quv xonalari tashkil etilmoqda. 2015-yilgacha mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida maxsus avtoshaharchalar, ta’lim muassasalarida esa bolalar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha olgan bilimini mustahkamlaydigan avtomaydonlar tashkil etish rejalashtirilgan. Bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatadigan o‘qituvchi va tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlashga ham jiddiy e’tibor berilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yo‘llarda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tadbirlar samarali natijalar berayotir. Misol uchun, 2013-yilning to‘qqiz oyida bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 foiz qisqargan. Shuningdek, halok bo‘lgan bolalar soni 1,8 va jabrlangan bolalar soni esa 5,6 foiz kamaygan.